Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dushanba kuni O‘zbekistonning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Havo harorati 13-18 daraja atrofida, ba’zi joylarda 20 darajagacha iliq bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

24—25-oktyabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib, kunduz kunlari havo 22-25 darajagacha, janubda 27 darajagacha isiydi.

26-oktyabrda respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam havoning yangi qismi kirib kelishi kutilmoqda. Markaziy, janubiy va sharqiy hududlarda yana yomg‘ir yog‘adi, harorat 15-20 darajagacha pasayadi.

27-oktyabrda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 17-22 daraja bo‘ladi.

Ushbu hafta davomida harorat kechalari 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Toshkentda 23-oktyabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat 14-16 daraja bo‘ladi. 24—25-oktyabr kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-24 darajagacha ko‘tariladi. 26-oktyabrda yomg‘ir yog‘adi, harorat 16-18 daraja bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »