Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi 21 yoshli T.I. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 17 million 315 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini maʼlum qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Foto: IIV Kiberxavfsizlik markazi

Qayd etilishicha, Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyati Samarqand tumanidada yashovchi 21 yoshli A.I. sodir etgani aniqlangan.

Unga ko‘ra, A.I. jabrlanuvchi T.I. bilan Telegram messenjerining “monstersavdo” nomli kanali orqali tanishib, unga go‘yoki kuchaytirilgan PUBG akkauntini sotishi haqida aytib, aldagan. U o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga oldindan 17 million 315 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazdirib olgandan so‘ng, o‘zaro kelishmovchilik tufayli 12 million so‘m pullarini qaytargan. Qolgan qismini qaytarmasdan turli bahonalar qilib, yozishmalarni o‘chirib yuborib, pullarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.I.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq Namanganda maktab o‘quvchisi ustozining plastik kartasidan 2 million so‘m yechib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 2022-yil iyulda esa Andijonda 8-sinf o‘quvchisi o‘nlab fuqarolarning pullarini qo‘lga kiritib, PUBG o‘yiniga tikib yuborgani aniqlangan edi. Iyul boshida bo‘lsa, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi bank filiali kassiri mijozlarning 41 ta bank kartalaridagi mablag‘larni o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »