Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shayxontohur va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida 23-oktyabr kuni issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Xo‘jayev ko‘chasidagi issiqlik tarmoqlarida avariyaviy ishlar olib boriladi va tegishli jihozlar almashtiriladi. Shu munosabat bilan 23-oktyabr kuni quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Shayxontohur tumani — Qo‘ratosh, Chorsu va Beshyog‘och dahalari.
  • Chilonzor tumani — Olmazor dahasi.

Issiq suv taʼminoti taʼmirlash ishlari tugallanishi bilanoq (bugun soat 21:00 gacha) tiklanadi.

Veolia Energy Tashkent MCHJ XK vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raydi va issiq suv taʼminotini tezroq tiklash uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

Avvalroq Toshkentning Yashnobod tumanida tarmoq quvurlarini o‘tkazish ishlari yo‘l qatnovining maʼlum qismi yopilgan holda o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Mirobod tumanining ayrim ko‘chalarida issiq suv taʼminoti bir necha kun davomida bo‘lmasligi aytilgan edi. Bunga Nukus—Oybek ko‘chasi kesishmasida joylashgan issiq suv quvurlarida 7-oktyabr kuni avariya holati yuz bergani sabab bo‘lmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »