Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan tanishish maqsadida 24-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatiga keldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, davlat rahbari butun faoliyati davomida har bir soha bo‘yicha bevosita joylarga chiqib, xalq bilan muloqot qilib, aholi hayotidan kelib chiqib ish yuritadi. Mamlakat hududlariga tashriflardan asosiy maqsad — qishloq aholisining turmush darajasini ko‘tarish, tumanlarni sanoatlashtirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash.

Shu maqsadda Qashqadaryoga tashrif buyurgan davlat rahbari dastlab Sulton Tex Group klasteri to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, bu korxona umumiy qiymati 8 million 200 ming dollarlik loyiha evaziga o‘tgan yili ishga tushgan. Zamonaviy texnologiya va uskunalar samarasida yiliga 5 million dona tikuv-trikotaj mahsulotlari tayyorlash quvvati yaratilgan.

Klaster “yangi mahsulot — yangi davlat” prinsipi asosida eksportni yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda sifatli tovarlar AQSH, Kanada, Polsha, Singapur, Rossiya kabi mamlakatlarga to‘liq eksport qilinmoqda. Daromad, ish unumdorligi ham shunga yarasha yuqori. Klasterda paxta yetishtirish va ishlab chiqarishning to‘liq zanjirida 3 mingga yaqin aholi mehnat qilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident korxonadagi ish jarayoni bilan tanishdi. Bunday loyihalarning viloyat iqtisodiyoti va aholi bandligidagi ahamiyati haqida fikr bildirildi. Mutasaddilarga bu sohada imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

“Aholi, ayniqsa, qishloq joylardagi odamlarga munosib turmush sharoitlari yaratish islohotlarimizning asosi bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda davlat rahbariga Shahrisabz, Kitob va Qamashi tumanlarida turizmni rivojlantirish loyihalari taqdimot qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qishloqlarda infratuzilmani yaxshilab, sayyohlik yo‘nalishlariga kiritib, aholi uchun daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »