Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jizzax shahrida fuqaro 372,1 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati

Xabarga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” Jizzax hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. Jizzax shahar “Shodlik” MFYda yashovchi O.Sh. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulanib, jami 372,1 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »