Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi davomida viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining Qarshi shahrida yangidan bunyod etilgan markaziy qozonxonasini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ushbu majmua 12 Gkal quvvatga ega. Bu yerga Turkiyadan keltirilgan 14 MVtli uchta qozon o‘rnatildi. Buning evaziga yiliga 1,7 million kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish imkoniyati yaratildi. Markaz qurilishi jarayonida hududga olti kilometr qoplamali quvur tortildi. Issiqlik tarmoqlari yopiq tizimga o‘tkazildi va yo‘qotishlardan himoya qilindi.

Ushbu majmuaning foydalanishga topshirilishi 38 ta ko‘p qavatli uydagi bir yarim mingdan ziyod xonadon hamda uchta ijtimoiy obyektni issiq suv va issiqlik bilan ta’minlaydi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbari mutasaddilarga qishga tayyorgarlik ishlarini sifatli bajarib, energiya va issiqlik ta’minoti barqaror qilish, energiya tejamkorlik madaniyatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev ushbu majmua joylashgan “Navo” mahallasini ham ko‘zdan kechirib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »