Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya AQSHdan “super-puper” raketa loyihasini o‘g‘irlagan, dedi AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Nyu-Xempshirdagi chiqishi chog‘ida.  

Foto: Bloomberg

Trampning so‘zlariga ko‘ra, voqea Barak Obama maʼmuriyati davrida (2009–2017) sodir bo‘lgan.

“Ular maxfiy loyihalarni o‘g‘irlab, raketa qurishdi”, — dedi Tramp.

Sobiq prezident, shuningdek, amerikaliklarga Xitoy, Eron va Rossiya raketalarini urib tushirish uchun o‘z “Temir gumbaz”i zarurligini aytdi.

“Temir gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimi 50 dan 200 kilometrgacha parvoz masofasiga ega bo‘lib, boshqarilmaydigan taktik raketalardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan taktik tizim. Isroil armiyasi HAMASga qarshi urushda ushbu tizimdan foydalanmoqda.

Tramp birinchi marta 2020-yilning may oyida Qo‘shma Shtatlar o‘zining gipertovushli raketasini yaratishini e’lon qilib, uni “super-puper” deb ta’riflagandi. Keyinroq uning aniqlik kiritishicha, raketa dunyodagi eng tezkor deb topilgan raketadan 17 barobar tezroq uchadi va 1,6 ming km masofadagi nishonlarni ura oladi. CNN raketa 2020-yil mart oyida sinovdan o‘tkazilganini xabar qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Trampning so‘zlariga javoban, Moskva AQSHning da’volaridan hayratda ekanini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »