Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida mamlakat fuqarolarining yangi namunadagi pasportini rasmiylashtirish va berish tartibi, undan foydalanish qoidalari haqidagi qarorni imzoladi. 

Arzuw news

Qarorda Turkmaniston fuqarosi pasportining namunasi va tavsifi, uni muomalaga kiritish qoidalari keltirilgan. 

Shu bilan birga, qarorda tegishli asoslar mavjud bo‘lgandagina pasportni yangisiga o‘zgartirish mumkinligi qayd etilgan. Ya’ni, ilgari chiqarilgan eski uslubdagi hujjatlar o‘z kuchini saqlab qoladi. 

Turkmaniston Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligiga bir oy muddatda qonun hujjatlariga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar tayyorlash topshirilgan. 

Qayd etilishicha, yangi turdagi pasport joriy etilishi haqida oldindan xabar berilmagan. Yangi pasport nima maqsadda ishlab chiqilgani va u avvalgisidan qanday farq qilishi ham noma’lum. 

Turkmanistonda pasport 16 yoshga to‘lgan fuqarolarga beriladi. Uning amal qilish muddati cheksiz. Fuqaro 25 va 45 yoshga to‘lganida pasportga yangi fotosurat yopishtiriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »