Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda kamida 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha boshlangan sudning 25-oktyabr kuni davom etgan navbatdagi majlisida sudlanuvchi — Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari S.K. va uning advokatlaridan biri tomonidan sudga kiritilgan iltimosnoma muhokama qilindi. 

Foto: “Daryo”

Advokat sudga iltimosnoma kiritar ekan, nashrning “‘Dok-1 Maks’ siropi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan paytda GMP sertifikati bo‘lmasa-da, O‘zbekistondagi dorixonalarda sotilgani ma’lum bo‘ldi”, sarlavhali materialida xato ma’lumot berilganini aytdi. Lekin aynan xato ma’lumot qaysi ekaniga aniqlik kiritmadi.

Advokatga ko‘ra, material sarlavhasi o‘quvchini chalg‘ituvchi bo‘lgan.

“Daryo” internet nashrining mazkur materialida “Dok-1 Maks” siropi, ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2021-yilda qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda GMP sertifikatining muddati o‘tgan bo‘lsa-da, O‘zbekistondagi dorixonalarda sotilishiga ruxsat berilgani, aynan o‘sha davrda siropning tarkibida zaharli moddasi bo‘lgan 39 600 ta flakoni mamlakatga olib kirilgani ma’lum qilingandi.

Mazkur holatni ochiqlagan sudya nega bunday holat yuzaga kelgan deya guvohga, Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari S.K.ga yuzlanib, vaziyatga izoh so‘ragandi. Bunga javob bergan sudlanuvchi, agentlikning sobiq rahbari S.K. “‘Dok-1 Maks’ning 39 600 flakoni ishlab chiqaruvchi Marion Biotech PVT. Ltd korxonasining GMP sertifikati bor paytda ishlab chiqarilgani uchun sertifikati muddati tugagan paytda ham O‘zbekistonga olib kirilishiga hamda dorixonalarda sotilishiga ruxsat berilgan”, — deya javob bergandi. 

Sudga iltimosnoma kiritgan advokat materialning ichki qismida ma’lumot to‘g‘ri berilganini, ammo sarlavha o‘quvchini chalg‘itayotganini aytib, OAV vakiliga e’tiroz qildi. 

Mazkur iltimosnomani ko‘rib chiqqan sudlov hay’ati advokatning e’tirozi bo‘yicha Oliy sud axborot xizmati va Toshkent shahar sudining axborot xizmati vakillari bilan maslahatlashilganini, ularning javobiga ko‘ra, jurnalist xato qilmaganini aytdi. 

Bu jurnalistikada bor tartib ekan, jurnalistlar o‘quvchini o‘ziga qaratish, materiali ko‘proq o‘qilishi uchun shunday sarlavhalardan foydalanishi mumkin ekan. Bu holatda jurnalist noto‘g‘ri qilmagan. Shunday bo‘lsa-da, biz “Daryo” nashri vakili va barcha OAV jurnalistlariga murojaat qilib, “Dok-1 Maks” ishi jamoatchilik e’tiboridagi masala ekanini inobatga olib, imkon qadar xato qilmaslikka chaqiramiz. Va ogohlantiramiz, — dedi sudya advokat iltimosnomasiga javob berar ekan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »