Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qo‘mitasining navbatdagi majlisida Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Senat matbuot xizmati

Qayd etilishicha, keyingi paytlarda internet tarmog‘idan foydalangan holda bir qator shaxslarning mobil qurilmalarini hamda ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi akkaunt yoki kanallarini zararli dastur yuborish yo‘li bilan bloklab (to‘sib) qo‘yish, maʼlumotlarini o‘chirib yuborish, o‘zgartirish yoki olib qo‘yish bilan qo‘rqitib, pul yoki boshqa moddiy manfaatdorlik talab qilish holatlari ro‘y bermoqda.

Kibermakonda shaxslarning fotosurati, ovozi va boshqa biometrik maʼlumotlarini maxsus dasturlar yordamida soxtalashtirish holatlari ham uchrab turibdi.

Sodir etilgan bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish maqsadida Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Shu bilan birga, kripto-aktivlarni noqonuniy aylanmasi, xususan, noqonuniy mayning faoliyati uchun Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarda javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.

“Senatorlar qonun qabul qilingandan so‘ng Ichki ishlar vazirligi masʼullari joylarda aholi, jamoatchilik uchun targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirishi lozimligiga eʼtibor qaratdi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda o‘zganing yalang‘och foto yoki videolarini tarqatish bilan qo‘rqitganlik uchun javobgarlik qanday?

Prezident tomonidan 11-aprel kuni “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan.

Qonun bilan intim hayot daxlsizligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan, ya’ni Jinoyat kodeksi quyidagi mazmundagi 141-3-modda bilan to‘ldirilgan:

  • “Shaxsning roziligisiz uning tanasining va (yoki) jinsiy a’zolarining yalang‘och holdagi foto yoki videotasvirini o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish yoki bunday ma’lumotlarni tarqatish bilan qo‘rqitish — bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha (120 million so‘mdan 180 million so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

v) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa.

360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »