Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adamni “Duslik” (“Do‘stlik”) ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Checheniston Davlat dumasi deputati Adam Delimxanov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 15 yoshli Adam Qodirov “millatlararo hamda konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun” taqdirlangan. Delimxonovning aytishicha, mukofotni Qodirovning o‘g‘liga Minnixonov shaxsan topshirgan.

Delimxonov “Grozniy Siti” oldida Ramzan Qodirov, Adam Qodirov va Rustam Minnixonov bilan tushgan suratini chop etdi. Suratda Adam Qodirovning ko‘ksida medal ko‘rinadi.

Foto: Telegram

Korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi tergovchisi Oleg Emelyanovning ta’kidlashicha, 24-oktyabr kuni Minnixanovning biznes-jeti Chechenistonga uchib ketgan.

Ramzan Qodirov Minnixonov Chechenistonga tashrif buyurganini tasdiqladi.

“Men Rustam Nurgaliyevichdan Qodirovlar oilasi vakiliga “Duslik” ordenini topshirgani uchun minnatdorman”, — dedi u Tatariston rahbari bilan uchrashuvdan keyin.

“Duslik” ordeni Tataristonda 2015-yilda tasdiqlangan. Orden bilan Rossiya va boshqa mamlakatlar fuqarolari “Tatariston Respublikasi davlatchiligini rivojlantirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, iqtisodiyot, madaniyat, sanʼat va sportni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun” taqdirlanadi

Ushbu ordenni olishdan avval “Tatariston Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” medalini olish kerak. Adam Qodirovning bunday medal bilan taqdirlangani haqida xabar berilmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »