Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahri Beruniy ko‘chasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. S.SH. va I.M. ismli shaxslar fuqaro G.K.ga 1 000 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 18 million so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Furqat tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “K.H.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi M.M. fuqaro D.M.ga 61 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Sirdaryoda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingani, DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan giyohvandlik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni ushlagani, Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlarida sintetik giyohvand vositalarini tayyorlovchi laboratoriya tashkil qilgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »