Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Qozog‘istonga tashrifidan so‘ng, 2-noyabr kuni O‘zbekistonga boradi. Bu haqda AFP xabar berdi.

“Fransiya bu ikki davlatni islohot va modernizatsiya yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga, xalqaro munosabatlarni diversifikatsiya qilishga hissa qo‘shishga, ularning mustaqilligi va suverenitetini, shuningdek, Yevropa bilan munosabatlarni mustahkamlash niyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, — deyiladi agentlik bayonotida. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman 

Yelisey saroyi Qozog‘iston va O‘zbekistonni Fransiyaga yaqinlashtirishdan maqsad “iqtisodiy sohada, xususan, energetika sohasida, muhim materiallar yetkazib berish, transport, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va mudofaa sohalarida hamkorlik qilish” ekanini ta’kidladi.

Makron chorshanba kuni Yaqin Sharq safaridan Fransiyaga qaytdi. U Isroilga tashrif buyurdi, u yerda mamlakat prezidenti Isaak Gertsog va bosh vazir Benyamin Netanyaxu bilan uchrashdi, shuningdek, Ramallohga tashrif buyurib, Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan muzokaralar o‘tkazdi. Safarning so‘nggi kunida u Ammanda Iordaniya qiroli Abdulla II, so‘ngra Qohirada Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »