Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Joriy yilning 26-oktyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasi mazkur majlisida ishtirok etdi.

Qirg‘iziston bosh vaziri Aqilbek Japarov raisligida o‘tgan yig‘ilishda Ozarbayjon bosh vaziri o‘rinbosari Shaxin Mustafayev, Armaniston bosh vaziri o‘rinbosari Mger Grigoryan, Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko, Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov, Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin, Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Xojamirat Geldimiradov hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev, Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi hayʼati raisi Mixail Myasnikovich ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, MDH doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Foto: Gov.uz

Bugungi sharoitda MDH davlatlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar va nostandart yechimlarni ko‘rish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-oktyabr kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan MDH sammitida so‘zlagan nutqida Hamdo‘stlik doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zlagan nutqida mazkur tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida umumiy sa’y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi.

 Ushbu tashabbuslar Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiya, qishloq xo‘jaligi, energetika, turizm, ekologiya, hududlararo hamkorlik, ta’lim, yoshlar siyosati, sport va madaniyat sohalarida o‘zaro manfaatli ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Majlis yakunida MDH hukumatlar rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi 2024-yil may oyida Turkmanistonda o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

MDH doirasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »