Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning “Iskandar” va “Kinjal” raketalarini ishlab chiqaruvchi “Mashinasozlik konstruktorlik byurosi” (MKB) korporatsiyasi vositachi kompaniyalar yordamida Yevropa va boshqa mamlakatlardan butlovchi qismlarni olishda davom etmoqda, deb yozadi The Insider.

Foto: Wikimedia

Jurnalistlar, xususan, “Rostex” tarkibiga kiruvchi ushbu korporatsiya raketalar uchun Amerika chiplarini Xitoydan olishini aniqladi. Ular 2021-yilda tashkil etilgan Moskvaning ETS Electronics MChJ kompaniyasi tomonidan Xitoyning ETC Electronics Limited kompaniyasidan sotib olinadi.

Korporatsiya o‘z raketalari uchun boshqa komponentlarni Yevropadan oladi. Masalan, Moskvadagi “Ostek-Test” mas’uliyati cheklangan jamiyati orqali Polshadan isitish va sovitish kameralari keltiriladi, MKB uchun tokarlik stanoklarini esa “KEB-Rus” MCHJ Germaniyadan xarid qiladi. Vositachi firmalar, shuningdek, Litva, Latviya, Belgiya va Buyuk Britaniyadagi ishlab chiqaruvchilardan MKB uchun mahsulotlar sotib oladi.

The Insider MKBga Sergey Pitikov rahbarlik qilayotganiga e’tibor qaratdi. Nashrning yozishicha, uning qizi Maya Pitikova Shvetsiyaning Malmo shahri yaqinida yashaydi. Jurnalistlar bilan suhbatda u “Putin rejimi jinoiy, qonli, ma’nosiz urush olib borayotganini” aytgan, ammo boshqa izoh berishdan bosh tortdi.

“Men, avvalo, otamga qarshi qaratilgan suhbatda qatnashishga tayyor emasman”, — dedi Pitikova.

Sentyabr oyida The Insider nashri Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Latviyadan Rossiyaga millionlab yevro qiymatidagi chiplar olib kelingani haqida xabar bergandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »