Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp sud amaldorlarini haqorat qilishni taqiqlovchi buyruqni buzgani uchun 10 ming dollar jarimaga tortildi. Bu haqda Voice of America xabar berdi.

Foto: AP

Ma’lum qilinishicha, Tramp jurnalistlar bilan suhbatda sud kotibini “noxolis” deb atagan. Sobiq prezidentning himoyachisi tegishli izoh aslida boshqa odamga qaratilganini aytgan.

“Ushbu sudya o‘ta noxolis va uning yonida juda noxolis odam o‘tiribdi”, — degan Tramp 25-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan firibgarlik bo‘yicha sud jarayonida.

Sudya Artur Engoron tegishli murojaat sud kotibiga qaratilgan degan xulosaga kelgan. U buni Trampning sud amaldorlarini kamsituvchi so‘zlarni aytishiga to‘sqinlik qiluvchi buyruqning “qo‘pol” buzilishi deb atab, sobiq prezidentni 10 ming dollar jarimaga solgan.

Trampning himoyachisi tegishli haqorat siyosatchiga qarshi guvohlik berayotgan sobiq advokati Maykl Koenga qaratilganini aytgan. Ammo Engoron bu dalilga ishonmagan va jarimani o‘z kuchida qoldirgan.

“Kelajakda buni takrorlamang, aks holda yanada yomon bo‘ladi”, — degan u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »