Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xorazm viloyatida tashkil etilganiga 4 kun bo‘lgan firma onlayn savdoda qatnashib, eng yaxshi natijalarni qayd etgan holda 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni osongina qo‘lga kiritgani xabar berilgandi. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasining ma’lumot berishicha, mazkur savdo natijasi bekor qilinishi mumkin.

“Daryo”da “Xorazmda faoliyat boshlaganiga 4 kun bo‘lgan firma tenderdagi 5 ta tanlovda g‘olib bo‘lib, 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritdi”, sarlavhali maqola e’lon qilingandi. Shundan so‘ng boshqarma mazkur holatni o‘rganib chiqqan.

O‘tkazilgan o‘rganish jarayonida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqalʼa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tomonidan maxsus axborot portali orqali umumiy qiymati 1 milliard 80 million 650 ming so‘mlik 5 ta eng yaxshi takliflarni tanlash bo‘yicha 309495, 309740, 309744, 309821 hamda 309859-sonli lot raqamlari bilan xaridlar amalga oshirilganligi kuzatildi.

Ushbu tanlov savdolarida ishtirokchilar taklif hujjatlarini baholashning balli usulidan foydalanilgan. Mazkur 5 ta tanlovlar savdolarida ishtirok qilgan talabgorlar tomonidan belgilangan baholash mezonlariga muvofiq tegishli ma’lumot va hujjatlar taqdim qilingan bo‘lsa-da, barcha savdolarda g‘olib deb topilgan “Pitnak sunrise” MCHJ hamda zaxira g‘olibi deb topilgan “Eko ekanom” MCHJlar boshqa talabgorlarga nisbatan asossiz ravishda yuqori ballar bilan baholangan va qolgan talabgorlar asosiz ravishda past ballar bilan baholangan holda savdolardan chetlashtirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 276-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 96-bandida “Tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik ravishda tanlash taklifining texnik va narx qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda) g‘olib sifatida aniqlaydi”, deb belgilangan.

Shuningdek, ushbu bandning 2-qismida “Tanlash takliflarini ball usulidan foydalangan holda baholash natijasiga ko‘ra ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball to‘plagan bo‘lsa, eng past narx taklif etgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi”, deb belgilangan, — deyiladi mas’ullar izohida.

Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur tanlov savdolarida belgilangan baholash mezonlariga muvofiq tegishli hujjatlarni taqdim qilgan talabgorlar orasida eng past narxni taqdim qilgan talabgorlar g‘olib deb topilishi kerak bo‘lgan.

Yuqoridagilarga asosan, hududiy boshqarma tomonidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqalʼa tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga maxsus axborot portaliga 309495, 309740, 309744, 309821 hamda 309859-sonli lot raqamlari bilan joylashtirilgan e’lonlarga muvofiq o‘tkazilgan tanlov savdolarini bekor qilinishini ta’minlash yuzasidan tegishli so‘rov xati yuborildi hamda tanlov savdolarida kuzatilgan qonunbuzilish holatlari yuzasidan huquqiy baho berilishi uchun hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilindi, — deydi masʼullar.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »