Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova “Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqayotgan sudda guvoh sifatida ko‘rsatma berdi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” muxbiri xabar berdi. 

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova 2023-yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisiga chaqirilib, sudda so‘roq qilindi. 

Elmira Bositxonova.
Foto: “Daryo”

Sudda guvoh sifatida ko‘rsatma bergan vazir o‘rinbosari sud yakunida “Dok-1 Maks”dan vafot etgan bolalarning ota-onalariga murojaat qilib, ulardan uzr so‘radi.

Bolalar bilan shug‘ullangan o‘zim boshchiligidagi har bir shifokor sizlar bilan baravar dard chekdik, o‘lib-tirildik, hamma harakatni qildik. Kovidning yangi turi deb, mamlakatimizda bolalar doridan zaharlanayotgani hatto xayolimizga ham kelmagani uchun barchangizdan uzr so‘rayman. Va shifokorlar barcha harakatni qilganini, shifokorlar qaysidir harakati noto‘g‘ri qilgan degan gumon bo‘lmasligini iltimos qilgan bo‘lardim, — dedi Elmira Bositxonova.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »