Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Misrda 27-oktyabr, jumaga o‘tar kechasi Isroil bilan chegaraga yaqin Taba shahriga raketa hujumi oqibatida olti kishi yaralandi.

Foto: AFP
“G‘azo sektoridagi vaziyat keskinlashayotgan bir paytda Taba shahriga raketa tushib, olti kishi yengil jarohat olgan”, — deb xabar berdi Misr razvedka xizmatlariga yaqin AlQahera News telekompaniyasi.

Guvohlarning AFP’ga aytishicha, raketa Qizil dengiz sohilida, Isroil bilan chegara punkti yaqinidagi Taba shahridagi kasalxonaga kelib tushgan. Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan suratlarda buzilgan bino va vayron bo‘lgan mashinalar aks etgan. Isroil harbiylari voqea yuzasidan surishtiruv olib borayotganini aytdi.

Misrda G‘azo sektoriga Isroil nazorat qilmaydigan yagona chegara o‘tish joyi bor. Misr uzoq vaqtdan beri falastinliklar va isroilliklar o‘rtasida vositachi bo‘lib kelgan. HAMAS va Isroil o‘rtasidagi hozirgi mojaroda ham tobora muhim rol o‘ynamoqda.

Bu Misrga qilingan birinchi raketa hujumi emas

Isroil mudofaa kuchlari 22-oktyabr kuni Isroil tanki G‘azo sektori chekkasida Misr postini “tasodifan” o‘qqa tutgani haqida xabar berdi. Misr hukumati ham o‘sha paytda odamlar “yengil jarohat” olganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »