Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dubayni aylanib kelish niyatida 50 dan ortiq fuqaroni chuv tushirgan yigitning rejasi amalga oshmay qoldi, deb xabar bermoqda IIV Kiberxavfsizlik markazi.

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi 20 yoshli T.J. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 300 ming so‘m miqdoridagi puli nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan viloyati Choptok tumanida yashovchi 18 yoshli T.B. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan T.B. internet foydalanuvchilariga Telegram dagi “bezmakler” nomli kanali orqali Toshkent shahridan ijaraga xonadon topib berishini vaʼda qilgan holda fuqarolarni qiziqtirib, oldindan boshlang‘ich to‘lov sifatida ularning pullarini o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan, so‘ng yozishmalarni o‘chirib yuborib, boylik orttirib kelayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, T.B.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »