Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida noqonuniy yo‘llar bilan o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda S.O. ismli shaxs fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni Qarshi shahridagi “Turon” nodavlat universitetiga 3-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departament hamda DXXning Chirchiq shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda J.N. ismli shaxs fuqaro S.SH.ni 3,9 ming dollar evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib, muqaddam 3,5 ming dollarni qo‘lga kiritib, yana 400 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Farg‘ona, Andijon, Guliston davlat universitetlari va “Narxoz”ga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pul olgan shaxslar ushlangani xabar qilingandi. Shuningdek, Andijonda o‘qishga kiritishni vaʼda qilib, 4 ming AQSH dollari olgan OTM xodimi qo‘lga olingan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »