Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistonda hokimiyatni nazorat qilib kelayotgan “Tolibon” harakati BMTga tashkilotdagi afg‘on vakilining o‘rnini berishni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda harakat vakili Zabihulloh Mujohidga tayanib, TOLOnews telekanali xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Shu kungacha BMTda Afg‘onistonning ikki yildan ko‘proq vaqt oldin ag‘darilgan hukumati tomonidan tayinlangan diplomatlar shtabi vakillik qilib keladi.

Mujohidning aytishicha, bu joyni “Tolibon”ga bermaslik Afg‘oniston xalqiga nisbatan haqorat bo‘ladi.

“Bu tashkilotning alohida maqsadlari bor. Biz esa boshqa yo‘ldan boramiz, ya’ni mustaqillik, ozodlik va islomiy tuzum. Tabiiyki, ularning (BMT) yo‘li biznikidan farq qiladi, lekin Afg‘oniston xalqi va “Tolibon” tomonidan tuzilgan hukumatiga (BMTdagi vakillik lavozimi) topshirilmasa, bu Afg‘oniston xalqiga nisbatan katta adolatsizlik bo‘ladi”, — dedi Mujohid.

2021-yilning 16-dekabriga qadar Afg‘onistonning BMTdagi vakolatxonasiga G‘ulom Is’hoqzoy rahbarlik qilgan, u Kobuldagi hokimiyatni sobiq hukumat nazorat qilgan paytda bu lavozimga tayinlangan edi. Keyinchalik u hukumat “Tolibon” harakati qo‘liga o‘tgani sababli iste’foga chiqdi. Afg‘oniston vakolatxonasining yangi rahbari Nosir Ahmad Faik bo‘ldi.

BMT “Tolibon”ga yon berish va afg‘on missiyasi tarkibini o‘zgartirishga qodir emas, chunki “Tolibon” hukumati dunyoning hech bir davlati tomonidan tan olinmagan.

Shu bilan birga, qator mamlakatlarda mahalliy diplomatik missiyalarni rasman tan olinmagan “Tolibon” vakillari boshqaradi. Bu davlatlar qatoriga Eron, Rossiya, Xitoy, Pokiston va Turkmaniston kiradi.

Bundan tashqari, BMT Afg‘onistondagi gumanitar missiyalarini amalga oshirish uchun amalda “Tolibon” hukumati bilan hamkorlik qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »