Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Men shtati Lyuiston shahrida 18 kishini o‘ldirganlikda gumon qilingan erkak uch kunlik qidiruvdan so‘ng o‘lik holda topildi, deb xabar bermoqda BBC politsiyaga tayanib.

“Chorshanbaga o‘tar kechasi uyushtirilgan otishmada gumonlanayotgan shaxs topildi, u vafot etgan”, — deyiladi Androskoggin okrugi sherifi matbuot xizmatida.

Dastlab otishmada 22 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

CBS News telekanaliga ko‘ra, 40 yoshli Robert Kardning jasadi chiqindilarni qayta ishlash markazi yonidan topilgan. Politsiya manbalarining AP’ga aytishicha, u o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin.

AP, shuningdek, gumondorga aloqador uydan uning o‘z joniga qasd qilish haqida so‘z ketgan qaydnoma topilganini xabar qildi. Yozuv Kardning o‘g‘liga qaratilgan edi. Uydan gumonlanuvchining uyali telefoni ham topildi.

Men gubernatori Janet Mills Lyuiston shahar hokimiyatida o‘tkazilgan matbuot anjumanida qurbonning jasadi Lisbonda, otishma sodir bo‘lgan joydan uncha uzoq bo‘lmagan hududda topilganini aytdi.

“Bugun men Robert Kard hech kimga tahdid solmasligini bilib, yengil tin oldim”, — dedi u.

Lyuiston politsiyasi boshlig‘i Devid Sent-Pyer huquq-tartibot organlarining ishi hali tugamaganini qo‘shimcha qildi.

Politsiyaning ta’kidlashicha, ko‘plab tafsilotlar sir tutilmoqda, chunki rasmiylar avval qurbonlarning oilalari bilan gaplashmoqchi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »