Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida qaysi sudyalar ushbu lavozimda bo‘lishning navbatdagi muddatiga, qaysilari vakolati muddati davriga qayta tayinlangani maʼlum bo‘ldi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sudyalar oliy kengashi

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

  • Bahodir Jo‘rayev — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Jahongir Qo‘ldoshev — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Aziza Ismatova — sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Furqat Anorov — sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Akmal Mirzaxanov — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi;
  • Temurjon Yusupov — sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek:

  • Mirali Mirrahimov —sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi.

Bundan tashqari:

  • Ubaydulla Allayev — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
  • Ergash Qarshiyev — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining sudyasi lavozimiga;
  • Ozodjon Rajabov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Buxoro viloyat maʼmuriy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Sohib Rahimov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Surxondaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
  • Farrux Qahorov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudining raisi lavozimiga;
  • Xurshid Ravshanov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
  • Alisher Saydullayev — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda 2023-yilning olti oyida 12 nafar sudya lavozimidan ozod qilinib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »