Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 10-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 29-oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Getty Images

“Manchester Siti” derbida “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Erling Holand penaltini aniq amalga oshirib, “shaharliklar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda boshida norvegiyalik hujumchi dublni rasmiylashtirdi. 80-daqiqada Fil Foden hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Ushbu gol o‘yindagi so‘nggisi bo‘ldi va yakunda “Manchester Siti” g‘alaba qozondi. 

Pep Gvardiola jamoasi ochkolarini 24 taga yetkazdi va 3-o‘rinda bormoqda. “Qizil iblislar” esa 15 ochko bilan 8-pog‘onani band etgan.

“Liverpul” o‘z maydonida “Nottingem Forest”ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mersisaydliklar safida Diogu Jota, Darvin Nunyes va Muhammad Salohlar o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 

Yurgen Klopp shogirdlari ochkolari sonini 23 taga yetkazdi va 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 


APL

10-tur

29-oktyabr, yakshanba

“Manchester Yunayted” — “Manchester Siti” 0:3

Gollar: 0:1 – 26 Holand (penalti), 0:2 – 49 Holand, 0:3 – 80 Foden.

“Manchester Yunayted”: Onana, Diogu Dalot, Evans, Maguayr, Lindelef (Regilon, 73), Antoni, Eriksen, Brunu Fernandesh, Amrabat (Maunt, 46), Maktominey, Marsyal, Reshford, Heylund (Garnacho, 73).

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Stounz, Ruben Diash, Gvardiol, Kovachich, Doku, Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Foden, Holand, Alvares.

Ogohlantirishlar: Onana (26), Amrabat (42), Foden (42), Antoni (90+2), Brunu Fernandesh (90+3).

“Liverpul” — “Nottingem Forest” 3:0

Gollar: 1:0 – 31 Diogu Jota, 2:0 – 35 Nunyes, 3:0 – 77 Saloh.

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold (Gomes, 89), van Deyk, Konate, Simikas, Soboslai, Mak Allister, Gravenberx (Elliott, 59), Saloh, Diogu Jota (Gakpo, 58), Nunyes (Endo, 80).

“Nottingem Forest”: Terner, Orye, Boli (Avoniyi, 69), Niakate, Murillo, Ayna (Toffolo, 69), Gibbs-Uayt (Uilyams, 83), Dominges (Yeyts, 69), Mangalya (Andrey Santos, 83), Sangare, Elanga.

Ogohlantirishlar: Aleksander-Arnold (19), Mangalya (33), Dominges (52), Mak Allister (58), Sangare (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »