Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 23-turida “Paxtakor” “Buxoro”ga qarshi bahs (1:0) olib bordi.

Uchrashuvning 90+5-daqiqasida yuzaga kelgan bahsli vaziyatdan so‘ng uchrashuv VAR hakamlari bosh hakam Ravshan Abduvohidovni monitor yoniga chaqirdi va takrorlarni ko‘rib chiqishga chorladi. Shundan so‘ng bosh hakam 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Dragan Cheran penaltini noaniq amalga oshirdi va qaytgan to‘p yana uning o‘ziga tushdi. Natijada Cheran darvozani ishg‘ol qildi. 

O‘yin taqdirini hal qilgan ushbu vaziyat bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasining favqulotda yig‘ilishi tashkil qilindi va mutaxassislarning umumiy xulosasi olindi

Mazkur vaziyatda video assistentlar bosh hakamni VAR protokoliga ko‘ra noto‘g‘ri chaqirdi. Aslida bunday vaziyatga VAR aralashishi kerak emasdi. Bundan tashqari, videotakrorlarda qoidabuzarlikni aniq qayd etish uchun yetarli dalillar bo‘lmagani bois, ekspertlar bir ovozdan penaltining ham noto‘g‘ri belgilanganini qayd etishdi.

Natijada, bosh hakam Ravshan Abduvohidov va VAR hakami Nayim Qosimovning VAR litsenziyalari qaytarib olindi. Ularning ishi O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspeksiyasiga oshirildi. Shuningdek, ikkala hakam ham nomuayyan muddatga hakamlikdan chetlatildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi bayonoti

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »