Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Janubiy Koreya Respublikasida ilk bor o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida ishtirok etib, eng yuqori natijani qayd etdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, mazkur musobaqa davomida jangovar harakatlar reallikka yaqin bo‘lishi uchun shahar va tog‘ hududlarida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlarda tomonlar qarama-qarshi kuch sifatida jang olib bordi. Unda asosan, dunyoning yetakchi davlatlaridan saralangan jamoalar ishtirok etdi.

NATO standartlariga asoslangan ushbu musobaqaning 12 ta “jangi”da o‘zbekistonlik harbiylar 10 ta g‘alaba bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin esa AQSH hamda Koreya Respublikasi jamoalariga nasib etdi — to‘rttadan g‘alaba.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
“O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi puxta va samarali tashkillashtirilgan tayyorgarlik natijasida musobaqa mobaynida jasurlik, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq, yuksak darajadagi kasbiy va ruhiy tayyorgarlik, shuningdek, shaxsiy tarkibning jipsligini namoyon etdi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu harbiylar 28-oktyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »