Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi Kostenko konida sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni 36 kishiga yetdi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Freepik

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda 36 kishining jasadi topilgan. Yana 10 nafar konchini qidirish ishlari davom etmoqda.

Qarag‘andadagi Kostenko konida portlash 28-oktyabr kuni sodir bo‘lgandi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev fojia sodir bo‘lgan joyga borib, avariya holatlariga oydinlik kiritish va tegishli choralarni ko‘rishni buyurdi.

Dastlabki versiyaga ko‘ra, lavada yong‘in sodir bo‘lgan. Portlashning kuchi shunday bo‘lganki, g‘arbiy va sharqiy bloklardagi telekommunikatsiya tizimi ishdan chiqqan. Zarba to‘lqini nafaqat favqulodda vaziyat hududiga, balki sharqiy blokda joylashgan K2 lavasiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Zarba to‘lqinining tarqalish diapazoni 2 kilometrdan oshgan.

Respublikada 29-oktyabr umumxalq motam kuni deb e’lon qilindi.

Ko‘mir konida yuz bergan fojia munosabati bilan O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Fransiya prezidentlari, shuningdek Turkiya TIV Qozog‘iston xalqiga hamdardlik bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »