Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qarag‘andadagi Kostenko konida sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni 33 kishiga yetdi. Bu haqda Qarag‘anda viloyati hokimi Ermaganbet Bulekpayevga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Illyustrativ foto: Tengrinews

“Ayni paytda Kostenko konida yuz bergan fojia 33 nafar konchining hayotiga zomin bo‘ldi. Yana 13 nafar konchi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida. Dastlabki versiyaga ko‘ra, lavada yong‘in sodir bo‘lgan. 252 konchidan 208 nafari yer yuzasiga olib chiqilgan, ulardan 18 nafari tibbiy yordamga murojaat qilgan”, — dedi Bulekpayev.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarning barchasi shifokorlar nazoratida.

Kondagi portlash sabablari

Dastlabki versiyaga ko‘ra, portlashga yong‘in va uning ortidan metan-havo aralashmasining keyingi portlashi sabab bo‘lgan. Metan-havo aralashmasining portlashi, zarba to‘lqini juda ko‘p qurbonlarga olib kelgan.

Kondagi portlash yong‘in haqida xabar berilganidan keyin sodir bo‘lgan.

“Portlashning kuchi shunday bo‘lganki, g‘arbiy va sharqiy bloklardagi telekommunikatsiya tizimi ishdan chiqqan. Zarba to‘lqini nafaqat favqulodda vaziyat hududiga, balki sharqiy blokda joylashgan K2 lavasiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Zarba to‘lqinining tarqalish diapazoni 2 kilometrdan oshgan”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »