Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dog‘istondagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlar Rossiyaning xorijdagi “dushmanlari” tomonidan amalga oshirilmoqda, dedi respublika rahbari Sergey Melikov.

Sergey Melikov
Foto: Rossiya prezidenti adminstratsiyasi
“Dog‘istondagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlar, jumladan, milliy adovat va dinlararo muammolarni qo‘zg‘atish bilan bog‘liq taqiqlangan usullarni qo‘llash bizning dushmanlarimiz, mamlakatimizning muxoliflari tomonidan amalga oshirilmoqda”, — dedi Melikov jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aholini mitinglarga chaqiradigan postlarni chop etuvchi Telegram kanallaridan biri Ukraina hududidan nazorat qilinadi.

Bugun biz “Dog‘iston tongi” kanali Ukraina hududidan sotqinlar tomonidan boshqarilayotgani haqida mutlaqo ishonchli ma’lumot oldik, — deya qo‘shimcha qildi u.

Respublika rahbari, shuningdek, Maxachqal’a aeroportidagi tartibsizliklar chog‘ida ikki politsiyachi yaralanganini aytdi.

30-oktyabrga o‘tar kechasi Maxachqal’a aeroportida Isroildan uchgan samolyot kelishi sababli ommaviy tartibsizliklar yuz berdi. Olomon yahudiylarni qidirish uchun terminal binosiga, so‘ngra uchish-qo‘nish yo‘lagiga bostirib kirdi. Federal havo transporti agentligi aeroportni 31-oktyabrgacha yopdi.

Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar vaqtida 20 dan ortiq kishi jarohatlangan. Ulardan 10 nafari kasalxonaga yotqizilgan, ikki nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »