Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan mayning ferma aniqlandi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, bu “Farg‘ona HETK” AJ hamda tegishli tashkilotlar vakillari hamkorligida isteʼmolchilarning noqonuniy elektr energiyasidan foydalanishlarini oldini olish maqsadida Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tungi reyd davomida aniqlangan.

Shaharning “Achchiqko‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan parrandachilik sexida fuqaro M.N. elektr hisoblagichsiz, o‘zboshimchalik bilan mayning qurilmalari, sovutish va yoritkich moslamalari hamda boshqa elektr qurilmalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulagan holda, noqonuniy foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘lgan hamda mazkur holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, M.N. tomonidan “Farg‘ona HETK” AJ manfaatiga 2,8 million kVt. yoki 2,5 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan prezidentning tegishli qarorlariga asosan  noqonuniy foydalanilgan mayning fermalariga nisbatan 5 barobar o‘suvchi koeffitsiyent qo‘llanib, 12,3 mlrd so‘m mablag‘ undirishga hujjatlar rasmiylashtirildi. Huquqbuzarga 5 barobar o‘suvchi koeffitsiyent bilan jarima tariqasida 9,9 milliard so‘m qo‘shimcha hisob-kitob qilindi.

Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan mazkur holat yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Bundan avval Navoiyda davlatga 24,4 milliard so‘m zarar keltirgan noqonuniy mayning ferma aniqlangandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »