Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi Maxachqal’a aeroportidagi tartibsizliklar chog‘ida 20 dan ortiq odam yaralanganini ma’lum qildi.

Videodan kadr

Politsiya xodimlari orasida ham, tinch aholi orasida ham o‘rtacha va jiddiy jarohatlanganlar bor. Ikki kishining ahvoli og‘ir. Yengil jarohatlar olgan yana 10 dan ortiq odam ambulator tibbiy yordamga murojaat qildi, deb yozadi Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Maxachqal’a aeroportida nima sodir bo‘ldi?

30-oktyabrga o‘tar kechasi Isroildan yo‘lovchi samolyoti yetib kelishidan oldin yuzlab odamlar Maxachqal’a aeroportiga to‘planishdi.

Yahudiylarni qidirgan olomon aeroportdan chiqayotgan mashinalarni to‘xtatib, yo‘lovchilarning pasportlarini tekshira boshladi. So‘ngra ular aeroport binosiga bostirib kirib, antisemitizm shiorlari bilan hayqirdi va uchish-qo‘nish yo‘lagigacha kirib bordi.

Rossiyaning Dog‘iston bo‘yicha Tergov qo‘mitasi ommaviy tartibsizliklar uyushtirish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Qayd etilishicha, tunda isyonchilarning aksariyati Maxachqal’a aeroportini tark etgan.

Federal havo transporti agentligi xabariga ko‘ra, Maxachqal’a aeroporti 31-oktyabrgacha samolyotlarni qabul qilish uchun vaqtincha yopildi.

Choralar vaziyat normallashgunga qadar amal qiladi. Huquq-tartibot idoralari voqea joyida.

Maxachqal’aga qo‘nishi kerak bo‘lgan samolyotlar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi, deya qo‘shimcha qildi Federal havo transporti agentligi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »