Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Superliga doirasidagi ikki o‘yin bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi.

Superliganing 23-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Paxtakor” uchrashuvida ishlagan hakamlar guruhi faoliyati bo‘yicha O‘FA maxsus inspeksiyasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilishi xabar qilindi

Eslatib o‘tamiz, Uchrashuvning 90+5-daqiqasida yuzaga kelgan bahsli vaziyatdan so‘ng uchrashuv VAR hakamlari bosh hakam Ravshan Abduvohidovni monitor yoniga chaqirdi va takrorlarni ko‘rib chiqishga chorladi. Shundan so‘ng bosh hakam 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Dragan Cheran penaltini noaniq amalga oshirdi va qaytgan to‘p yana uning o‘ziga tushdi. Natijada Cheran darvozani ishg‘ol qildi. O‘yin taqdirini hal qilgan ushbu vaziyat bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasining favqulotda yig‘ilishi tashkil qilindi va mutaxassislarning umumiy xulosasi berildi. Unga ko‘ra, penalti noto‘g‘ri berilgan deb topildi

Shuningdek, “Bunyodkor” – “Neftchi” bahsidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko tomonidan bildirilgan keskin fikrlar hamda ayblovlar qanchalik asosli ekanligi ham o‘rganib chiqilishi, tekshiruv natijasida mazkur gaplar o‘z tasdig‘ini topsa, aybdorlar jazolanishi, aks holda nohaq ayblovlar bildirgan mutaxassisga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv “Bunyodkor”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »