Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yilning sentyabr oyida kredit foiz stavkalari o‘sdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Milliy valyutadagi kreditlar

Sentyabr oyida aholi uchun milliy valyutadagi bank kreditlarining o‘rtacha tortilgan stavkasi 24,2 foizni tashkil etdi. Bu so‘nggi uch yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Kredit stavkalari yanvar oyidan beri 1,2 foizga, 2022-yil sentabrdan buyon 1,4 foizga o‘sdi.

Tadbirkorlik subyektlariga esa kreditlar 21,6 foizdan ajratilgan. Yil boshida bu ko‘rsatkich 21,5 foiz bo‘lgan. O‘tgan yilning mos davrida yillik tortilgan foiz stavkalari 21,9 foizni tashkil etgan.

Chet el valyutasidagi kreditlar

Sentyabrda xorijiy valyutadagi kreditlar uzoq muddatga 8,8 foizdan ajratilgan bo‘lib, yil boshidan beri 0,7 foizga o‘sgan. Ushbu turdagi kreditlar o‘tgan yilning sentyabr oyida 7,1 foizdan berilgan bo‘lib, bir yil davomida 1,7 foiz o‘sish kuzatilgan.

Sentabrda qisqa muddatga ajratilgan xorijiy valyutadagi kreditlar 9,7 foizdan berilgan. Yil boshida bu ko‘rsatkich 8,3 foiz, o‘tgan yilning mos davrida esa 7,5 foizni tashkil etgan.

Milliy valyutadagi omonatlar

O‘tgan oyda milliy valyutadagi depozitlarning o‘rtacha tortilgan foiz stavkalari jismoniy shaxslar uchun 21,1 foizni tashkil etdi. Avgust oyida omonatlar 21,7 foizdan qabul qilingan. Yanvarda bu ko‘rsatkich 20,5 foiz, o‘tgan yilning sentyabrida 20,6 foiz bo‘lgan.

Yuridik shaxslar uchun milliy valyutadagi depozitlar stavkalari 16,8 foiz bo‘ldi. Yil boshida bu ko‘rsatkich 16,7 foizni, o‘tgan yilning mos davrida 16,2 foizni tashkil etgan.

Chet el valyutasidagi depozitlar

Sentyabrda jismoniy shaxslar uchun chet el valyutasidagi omonatlar yillik 4,9 foizni tashkil etdi. Yil boshida bu ko‘rsatkich 4,3 foiz, 2022-yil sentyabrda 4 foiz bo‘lgan.

Yuridik shaxslardan xorijiy valyutadagi omonatlar 4,2 foizdan qabul qilingan. Bu ko‘rsatkich yil boshida 3,3 foizni, o‘tgan yilning sentyabr oyida 3 foizni tashkil etgan.

Avvalroq O‘zbekistonda kredit stavkalarini 7 yil ichida 10 foizgacha pasaytirish rejalashtirilgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »