Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahrida kuchli taʼsir qiluvchi hamda qalbaki dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda “G.F.” MCHJ dorixonasi mudiri J.Q. fuqaro Z.T.ga 120 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan to‘qqiz xil turdagi 671 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departamentning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “V.-F.” MCHJ dorixonasi rahbari B.R. va sotuvchisi S.G‘. fuqaro M.X.ga tegishli hujjatlari bo‘lmagan 10 dona “Immunoglobulin cheloveka antistafilokokkoviy” nomli qalbaki dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “V.-f.” MCHJ dorixonasi rahbari S.A. va sotuvchisi J.I. tegishli hujjatlari bo‘lmagan 10 dona “Immunoglobulin cheloveka antistafilokokkoviy” nomli qalbaki dori vositasini O.A.ga sotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu dorixonadan jami 28 dona qalbaki dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 186-3-moddasi (Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Sirdaryoda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingani, DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni ushlagani, Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlarida sintetik giyohvand vositalarini tayyorlovchi laboratoriya tashkil qilgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »