Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov Butunjahon islom uyushmasi  mintaqaviy direktori Abdulloh bin Rahmatulloh bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Foto: “Dunyo” agentligi

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida taʼlim va sog‘liqni saqlash sohasi hamda Orol dengizi mintaqasida joylashgan aholi punktlariga Saudiya Arabistonining gumanitar va moliyaviy-texnik yordamini jalb qilish masalalari muhokama qilingan.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda barpo etilgan Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarni zamonaviy texnikalar, shifoxonalarni tibbiy jihozlar bilan taʼminlash hamda Orol dengizi mintaqasi aholisi uchun beg‘araz moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish, kam taʼminlangan va ko‘makka muhtoj fuqarolarga bepul yurak, suyak va ko‘z jarrohlik operatsiyalarini amalga oshirish masalalari xususida fikr almashilgan.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Butunjahon islom uyushmasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etish, saudiyalik jarrohlar guruhini O‘zbekistonga yuborish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi shifoxonalarga zamonaviy tibbiyot uskunalarni beg‘araz yetkazib berish bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganish bo‘yicha kelishib olingan.

Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyeva 23-mart kuni BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida o‘tkazilgan Suv masalalari bo‘yicha konferensiyada nutq so‘zlagandi. “Orol dengizining inqirozi insoniyatning atrof-muhitga eʼtiborsizligi oqibatlari haqida dahshatli eslatmadir. Biroq g‘amxo‘r odamlarning saʼy-harakatlari tufayli u yana umid va yangilanish ramziga aylanmoqda”, — degandi Saida Mirziyoyeva.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »