Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Turkmenenergo” davlat korporatsiyasi Turkiyaning Çalik Enerji Sanayi ve Ticaret A.Ş kompaniyasi bilan Turkmanboshida 1574 MVt quvvatga ega elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma tuzdi, deb xabar bermoqda mahalliy “Oltin Asir” telekanali.

“Prezident Serdar Berdimuhamedov “Mahalliy elektr energiyasi eksporti hajmini oshirish to‘g‘risida”gi tegishli qarorni imzolagandi. Qurilish ishlari 2023-yilning noyabr oyida boshlanib, 2027-yilning may oyida stansiya foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Turkmaniston Afg‘oniston, Eron, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga elektr energiyasi sotadi. Ashxobod Kavkaz, Turkiya va Janubiy Osiyoning yangi bozorlariga qiziqish bildirmoqda.

Turkmanistonda elektr energiyasi tabiiy gaz yordamida ishlab chiqariladi. Mamlakatda jami elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 2021-yilda 28,4 milliard kilovatt/soatni tashkil etgan bo‘lsa, rejaga ko‘ra, 2028-yilda bu 37,5 milliard kilovatt/soatga yetadi.

Eziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »