Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shahar va qishloqlarda yangi yo‘llar va ko‘priklar qurildi, ta’mirtalab bo‘lgan ko‘plab yo‘llar rekonstruksiya qilindi. 2023-yilning 9 oyi ichida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida qariyb 9,2 ming yotiq chiziqlar chizilgan, 417 svetofor obyektlari hamda piyodalar uchun 210 ta svetofor qurilgan. 

Shunga qaramasdan, yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari ortib bormoqda. Masalan, 2023-yilning 9 oyi ichida yo‘l-transport hodisalari soni o‘tgan yilga nisbatan 2,4 foizga oshgan. Ko‘p hollarda baxtsiz hodisa natijasida fuqarolar tan jarohati olib, o‘lim holatlari ham kuzatilyapti.

Shu munosabat bilan davlat yo‘llarda ko‘ngilsiz hodisalar sonini kamaytirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshiryapti. Jumladan, yo‘l harakati qoidalarini buzganlarga nisbatan jarima tizimini qo‘llashdir. Butun dunyoda bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – haydovchi va piyodalarni yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini bajarishga undash va ularni noqonuniy xatti-harakatlar amalga oshirishdan tiyish. 

Bir qator mamlakatlar amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, jarima qoidabuzarlar uchun psixologik va moliyaviy to‘siq bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, Shveysariyaning beshta yirik shahrida tezlikni cheklash va to‘xtash qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini oshirish samarali chora bo‘lib chiqdi. Avtoturargohda to‘xtash va tezlikni cheklash qoidalarini buzish holatlari mos ravishda 32 va 17 foizga kamaydi.

Shu bilan birga, jarimalarning asosiy vazifasi YHQ buzilishining oldini olish ekanligini inobatga olgan holda ba’zi ijtimoiy xavfliligi darajasi kam bo‘lgan qoidabuzaliklarni yengillashtirish amaliyoti olib borilmoqda. 

Foto: “Daryo”

Jumladan, prezident tomonidan 2021-yilning 30-noyabr kuni imzolangan qonunga binoan YTQ buzganlik uchun bir qator jarimalar liberallashtirildi.

Xususan,

  •  avtomobil egalari tomonidan sug‘urta polisini olmagani yoki muddati o‘tgan sug‘urta polisi bilan avtomobilni haydash uchun;
  • sug‘urta polisida ko‘zda tutilmagan shaxs tomonidan avtomobilni boshqarish holatlari uchun jarima miqdori 1 BRV dan yarim BRVga tushirildi (50 foizga kamaydi)
  • telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarni ishlatmasdan turib so‘zlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanilganda jarima to‘lanmaydigan bo‘ldi. 

Shu bilan birgalikda, hozirgi kunda mamlakatimizda jarimalarni o‘z vaqtida to‘lagan fuqarolar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentning “Aholiga ma’muriy jarimalarni to‘lashda qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda sohada korrupsion omillarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-99-son qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2023-yil 1 maydan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi soddalashtirildi. Jumladan:

– huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarimani to‘lasa uning miqdorining 50 foizini to‘laydi (jarimaning 50 foiz chegirma qilinadi), 30 kun ichida to‘lasa – jarima miqdorining 70 foizini to‘laydi (jarimaning 30 foiz chegirma qilinadi).

– mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Bungacha huquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarimaning 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda jarimaning qolgan summasidan ozod qilinardi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, o‘zgarishlar jarimalar yukini kamaytirish va ularni ixtiyoriy to‘lash tizimini soddalashtirish, shuningdek, sud hujjatlarining o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »