Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning shu hafta Qozog‘iston va O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifidan maqsad Fransiyaning energiya xavfsizligini yaxshilashdan iborat, deb xabar berdi Bloomberg manbalarga tayanib.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Makron 1-noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga, ertasi kuni esa O‘zbekistonga keladi.

“Prezident Emmanuel Makron shu hafta energiyaga boy Markaziy Osiyoga safar qilib, mamlakat (Fransiya) yadroviy reaktorlarini quvvatlaydigan uran yetkazib beruvchi ikki davlat — Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Safardan maqsad Fransiyaning energiya xavfsizligini yaxshilash” — deyiladi agentlik xabarida.

Bloomberg Makron “yangi do‘stlar va uran qidirayotganini” alohida ta’kidladi.

Shu bilan birga, nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, Makronning safarida yana bir maqsad bor — sobiq SSSR respublikalarining Rossiya Federatsiyasiga qaramligiga ta’sir o‘tkazishga urinish.

Neft, gaz va foydali qazilmalarning katta zahiralari sabab Markaziy Osiyo Rossiyaning mintaqaga ta’siri uchun kurash markazida turadi, deydi Bloomberg.

Xitoy raisi Si Szinpin “Bir makon, bir yo‘l” infratuzilmasi loyihasi orqali mintaqada o‘z imkoniyatlarini kengaytirmoqda, AQSH o‘zining siyosiy ishtirokini kuchaytirishga intilmoqda, Yevropa Ittifoqi esa mintaqani Kavkaz orqali Yevropaga o‘tadigan savdo va energiya koridoriga bog‘lashga urinmoqda.

Fransiya allaqachon mintaqaga katta sarmoya kiritishni boshlagan. Masalan, Qozog‘istonda 170 dan ortiq fransuz kompaniyasi va qo‘shma korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ular orasida Qozog‘iston iqtisodiyotiga yetakchi sarmoyador bo‘lgan Total Energies, Air Liquide, Airbus, Alstom, Orano va Danone kabi kompaniyalar bor. O‘tgan yili Qozog‘iston va Fransiya 2030-yilgacha savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasini tasdiqlagandi.

Bloomberg o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, Makronning mamlakatga tashrifi chog‘ida Orano kompaniyasining Qozog‘istondagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Makronning Rossiya “hovlisidan” ittifoqchi izlashiga Markaziy Osiyo davlatlarining Ukrainadagi urushga nisbatan ikkilanishi ham yordam bermoqda, deyiladi Bloomberg maqolasida. Ular g‘arbning Rossiyaga qo‘ygan sanksiyalariga, hech bo‘lmaganda qog‘ozda sodiqlik qilayotgan bir paytda, Makronning 1—2-noyabrdagi safarlari Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan savdo aloqalari yaxshilanayotganidan darak bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlagan nashr manbalari.

Qozog‘iston va O‘zbekiston uran qazib olishda yetakchi

Ma’lumot uchun uran yer ostidan qazib olinadigan maʼdan bo‘lib, undan atom elektr stansiyalari (AES), dengiz va suvosti kemalarini boshqaradigan yadro reaktorlari uchun yoqilg‘i sifatida keng foydalaniladi. Shu bilan birga, u yadroviy qurollar, radiatsiyadan himoya tizimlarida ham ishlatiladi. 

Qozog‘iston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda, O‘zbekiston esa beshinchi o‘rinda turadi.

Infografika: “world nuclear.org” 

Uran zaxiralari hajmi bo‘yicha esa Qozog‘iston ikkinchi, O‘zbekiston 10-o‘rinni band qilib kelmoqda.

Infografika: “world nuclear.org” 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »