Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati, Kostenko shaxtasidagi avariyada halok bo‘lgan oxirgi konchining jasadi ham topildi. Shu tariqa qurbonlarning umumiy soni 46 kishiga yetdi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Sirim Sharipxonovga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Foto: Pixabay
“Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida 45 nafar konchining jasadi va 46-marhumga tegishli ekani taxmin qilinayotgan qoldiqlar topildi. Hozirda 40 kishining shaxsi aniqlangan, olti nafarining esa yo‘q. Ularni aniqlash bo‘yicha zarur ekspertiza o‘tkazilmoqda”, — dedi vazir.

U qurbonlarning shaxsini aniqlash uchun DNK tekshiruvi talab etilishini ta’kidladi.

29-oktyabr kuni kechqurun 45 nafar konchining jasadi topilgandi. Shundan so‘ng Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati qutqaruvchilar yana bir ishchini qidirishda davom etayotgani haqida xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Kostenko nomidagi konda 28-oktyabr kuni ertalab metan portlashi sodir bo‘ldi. Voqea paytida konda 252 kishi bo‘lgan, 205 nafar konchi mustaqil ravishda yer yuzasiga chiqqan, ulardan 18 nafari tibbiy yordamga murojaat qilgan. Voqeadan keyin mamlakatda motam e’lon qilindi.

Qozog‘istonda baxtsiz hodisadan so‘ng kon yoki qurilish ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha sudgacha tergov boshlandi. Voqea holatlariga oydinlik kiritish uchun hukumat komissiyasi tuzildi.

Bundan tashqari, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev konga egalik qiluvchi ArcelorMittal Temirtau (AMT) kompaniyasi rahbariyatini almashtirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »