Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoydan Germaniyaga uchayotgan samolyot yo‘lovchilar janjali tufayli Toshkentga qo‘ndi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Uzbekistan Airports

Qayd etilishicha, Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasining Shanxaydan Frankfurtga uchayotgan LH729 yo‘lovchi reysi ikki yo‘lovchining janjali tufayli Toshkent xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga kelib qo‘ngan. Ekipaj samolyot oldiga huquq-tartibot organlari xodimlarini chaqirishni so‘ragan.

Bortida 206 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 747-800 mahalliy vaqt bilan 17:32 da favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. Janjal ko‘targan yo‘lovchilar reysdan olib tashlangan. Havo kemasi Toshkentdan belgilangan aeroportga soat 20:36 da uchib ketgan.

Avvalroq Panorama Airways’ning 27-oktyabr kuni Toshkentdan Madinaga uchgan samolyoti ortga qaytishga majbur bo‘lgani, Moskvadan Toshkentga uchayotgan samolyotda yo‘lovchi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »