Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda eng kamida 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha 2023-yilning 11-avgust kuni boshlangan sud 2023-yilning 1-noyabr kuni jabrlanuvchilarni tinglash bilan davom etdi. Sudda so‘z olgan jabrlanuvchilardan biri farzandi va turmush o‘rtog‘ining o‘limiga sabab bo‘lgan sirop voqeasi keltirib chiqargan moddiy zararni undirish uchun 2 milliard so‘m talab qilayotganini ma’lum qildi.

Men eng katta summani so‘rayman. Mana shular milliard-milliard yeganmi? Endi mana shu bolam otasiz o‘ssa-da, hech narsaga muhtoj qilmasdan katta qilishim kerak. Hozir ijarada yashayman, — deydi “Dok-1 Maks” siropidan vafot etgani aytilayotgan 4 yoshli bolaning onasi.
Foto: “Daryo”

Jabrlanuvchi ayolning ma’lumot berishicha, u vafot etgan bolasi va bu voqea ortidan olamdan o‘tgan turmush o‘rtog‘ining o‘limi uchun suddan 2 milliard so‘m ta’minot so‘raydi. 

Bilasizmi, men bolamni tug‘ib katta qilishim uchun qancha azob chekkanman? Qolaversa, endi turmush o‘rtog‘im ham yo‘q. Uning qarzlari bor. Bolamni davolatish uchun katta qarz ham olgandik. Shu sabab moddiy zarar uchun 2 milliard so‘m so‘rayman, — dedi jabrlanuvchi.

2015-yil tug‘ilgan qizi shu sirop sabab vafot etgan jabrlanuvchi Fayzullayeva esa sudlanuvchilarga ham “Dok-1 Maks” siropi berilishi kerakligini aytmoqda. 

Foto: “Daryo”
Eng og‘ir jazoni so‘rayman. Nafsining quli bo‘lib o‘tkazgan dorilarini o‘zlariga ham bering, ichishsin. Ko‘zlaridan, quloqlaridan yiring kelib, qiynalsin o‘zlari ham, — deydi jabrlanuvchi Fayzullayeva. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq advokat — Davron Ahmadov vafot etgan 65 nafar bolaning jasadini eksgumatsiya qilish (qabrni ochib, jasadda tadqiqot o‘tkazish, Tahririyat izohi)ni so‘ragandi. Sud hay’ati bunga javoban tomonlar fikrini tinglab, iltimosnoma bo‘yicha bugun xulosa qilinmasligini, Samarqandda bir necha marhum bolalar eksgumatsiya qilinganini aytib, “Shu xulosalarni olib, jabrlanuvchilarning fikrlarini inobatga olgan holda keyinroq xulosa chiqaramiz”, — dedi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »