Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda kamida 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha boshlangan sudning 1-noyabr kuni davom etgan navbatdagi majlisida, vafot etgan 65 nafar bolaning jasadini eksgumatsiya qilish (qabrni ochib, jasadda tadqiqot o‘tkazish, Tahririyat izohi) so‘raldi. Bu haqda sud majlisida qatnashayotgan “Daryo” muxbiri xabar berdi. 

Foto: “Daryo”

Mazkur iltimosnoma sud hay’atiga hindistonlik sudlanuvchi S.R.P.ning advokati Davron Ahmadov tomonidan kiritildi. Va bir nechta advokatlar, sudlanuvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Advokat Xudoyberganov esa sudlov hay’atidan mazkur iltimosnoma bo‘yicha bugun xulosa qilmaslikni so‘radi.

Davlat ayblovchisi mazkur iltimosnomani rad etishni so‘radi. Qolgan advokatlar va sudlanuvchilar esa iltimosnomani qanoatlantirish yoki rad etishni sudga havola qildi. Sudda ko‘rinish bergan jabrlanuvchilar esa bu iltimosnomani tamoman rad etishni so‘radi.

Sud hay’ati tomonlar fikrini tinglab, iltimosnoma bo‘yicha bugun xulosa qilinmasligini, Samarqandda bir necha marhum bolalar eksgumatsiya qilinganini aytib, “Shu xulosalarni olib, jabrlanuvchilarning fikrlarini inobatga olgan holda keyinroq xulosa chiqaramiz”, — dedi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »