Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga keldi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: “gov.kz”

Poytaxt aeroportida Makronni bosh vazir Alixon Smailov kutib oldi. Qisqa suhbat chog‘ida hukumat rahbari ushbu tashrif Ostona va Parij o‘rtasidagi “strategik sheriklikni yanada rivojlantirishga yangi sur’at bag‘ishlashiga” ishonch birdirdi.

Fransiya rahbari qozog‘istonlik hamkasbi Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va energetika sohalarida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni muhokama qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 1—2-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi

Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. 

O‘zbekiston va Fransiya rahbarlari ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari ishtirokidagi qo‘shma biznes forumi ishida ham ishtirok etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »