Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi Rafah nazorat-o‘tkazish punkti cheklangan evakuatsiya uchun ochildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: Reuters

Uchinchi davlat fuqarolari ushbu nazorat punkti orqali sektorni tark etishi mumkin. Misr Rafah orqali 90 ga yaqin yaralangan falastinlik va 450 ga yaqin xorijlikni o‘tkazish niyatida. Misr tomonida tez yordam mashinalari sektorga kirishni boshlagan.

The Wall Street Journal manbasiga tayanib, Misr G‘azo sektoridan 400 nafargacha xorijlik fuqarolarni qabul qilishi mumkinligi haqida xabar berdi. Ismi oshkor etilmagan Misr rasmiysiga ko‘ra, AQSH va Isroil bilan xorijliklar va og‘ir yaralangan falastinliklarga sektorni tark etish imkonini beruvchi kelishuvga erishildi.

G‘azo sektori chegara politsiyasi 1-noyabr kuni ertalab HAMAS Avstriya, Avstraliya, Bolgariya, Indoneziya, Iordaniya, Finlyandiya, Chexiya va Yaponiya fuqarolariga G‘azo sektorini tark etishiga ruxsat berishini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »