Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xabaringiz bor, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli poyezdlarda xorijlik sayyohlar, xususan blogerga yo‘lovchilar chiptasining noqonuniy sotilishi ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘lgan edi. Mas’ullar voqea ishtirokchisi bo‘lgan xodim ishdan olinganini bildirgandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati endilikda shu va shunga o‘xshash holatlarning oldini olish maqsadida IT markaz tashkil qildi.

Kecha, 30-oktyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yangi IT markazi foydalanishga topshirildi.

Foto: “Daryo”

Tadbirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi Zufar Narzullayev ishtirok etib, respublikada prezident boshchiligida keng ko‘lamli islohotlar va jadal o‘zgarishlar qilinayotganini aytib, bu islohotlar temiryo‘l tizimida ham jadallik bilan olib borilayotganini ta’kidladi.

Foto: “Daryo”

Zufar Narzullayevning tadbirda eslatishicha, shu yilning 10-oktyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 329-sonli qaror imzolanib, unda temiryo‘l transporti sohasini bosqichma-bosqich isloh qilishning ustuvor vazifalari, xususan, temiryo‘l sohasini transformatsiya qilish va raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar, raqamlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha 19 ta banddan iborat bo‘lgan vazifalar belgilab berilgan. 

Foto: “Daryo”
Bugun foydalanishga topshirilayotgan mana shu IT markazi ham ushbu qaror asosida tashkil etildi. Markazning birinchi bosqichida 24 nafar dasturchi uchun qulay sharoitlar yaratildi. Shuningdek, temiryo‘l sohasining barcha yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan eng sara dasturchi xodimlar va chet el kompaniyalarida tajriba orttirgan malakali xodimlar jalb etildi, — deydi mas’ul.
Foto: “Daryo”

Qo‘shimcha qilinishicha, markazda yuk jo‘natuvchi va yuk qabul qiluvchilarga mobil va veb-ilova, foydalanish uchun qulay interfeys, shartnomalarni tizim ichida yaratish va ERI orqali imzolash imkoniyatlari yaratilgan. 

Foto: “Daryo”
Qolaversa, yo‘nalishga asosan tarif qiymatini avtomatik hisoblash, tashish uchun onlayn ariza qoldirish, yuk terminalini tanlash, yuk ortish, yuk tushirish bo‘yicha xizmatlarga ariza qoldirish, vagonlarni joylashganligi to‘g‘risida 24/7 rejimida ma’lumot olish, vagon kelishi haqida prognoz olish, sarf xarajatlarni doimiy nazorat qilish, yuk operatsiyalari bo‘yicha onlayn statistika, mavjud chegirmalar haqida doimiy ma’lumot olish, mijozlar uchun 24/7 rejimda onlayn chat va video maslahat qilish, Call center+Call back onlayn taklif va e’tirozlar qoldirish, keshbek tizimidan foydalanish qulayliklari, shart-sharoitlar yaratilgan, — deydi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Avazbek Ahmedov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »