Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Qarorga ko‘ra, “O‘zsuvtaʼminot” AJ va uning tarkibidagi korxonalar negizida 2024-yil 1-aprelgacha alohida yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etiladi:

  • hududiy magistral suv taʼminoti tashkilotlari;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy ichimlik suv taʼminoti tashkilotlari.

2024-yil 1-yanvardan:

  • ichimlik suv va oqova suvni chiqarib yuborish narxlari mahsulot tannarxiga kiritilgan xarajatlar, tizimni rivojlantirish, moliyaviy xarajatlar, soliqlar va majburiy to‘lovlardan kelib chiqib shakllantiriladi;
  • yangi quriladigan ichimlik va oqova suv yo‘nalishidagi obyektlar va tizimlarni loyihalashtirishda mazkur hududning to‘liq qamrov darajasini inobatga olish talabi o‘rnatiladi.

Qarorga ko‘ra, 2024–2026-yillarda:

  • ichimlik suv taʼminoti og‘ir bo‘lgan jami 813 ta mahalla ichimlik suv bilan taʼminlanadi;
  • 124 693 ta xonadonga ichimlik suv tarmoqlari uy xo‘jaligigacha yetkaziladi;
  • 130 ta aholi yashash punktlarida davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish orqali ichimlik suv taʼminoti yo‘lga qo‘yiladi;
  • 792 090 nafar isteʼmolchilar ichimlik suv uchun hisoblagichlar bilan taʼminlanadi.

2024-yil 1-iyuldan tajriba tariqasida Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ichimlik va oqova suv taʼminoti davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga beriladi.

Oktyabr oxirlarida Shavkat Mirziyoyev hududlarda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yaxshilash, oziq-ovqat ekinlarini ekish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgandi. O‘shanda davlat rahbaari eskirgan ichimlik suvi nasoslarini energiya tejamkoriga almashtirish zarurligini aytgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »