Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga tor doiradagi konstruktiv muhokama uchun minnatdorlik bildirdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.

Foto: Tengrinews
“Nihoyatda konstruktiv tet-a-tet (yakkama-yakka) suhbat uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Avval taʼkidlaganimdek, Qozog‘iston Fransiya bilan hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha o‘z majburiyatlariga sodiq qoladi. Muhokamalardan so‘ng biz kelajakda hamkorlik qilish uchun bir qancha ustuvor yo‘nalishlarni, jumladan, energiya, muhim xomashyo, qayta tiklanadigan energiya, tranzit, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda sheriklikni belgilab oldik”, — dedi Qozog‘iston prezdenti.

To‘qayevning ta’kidlashicha, davlat rahbarlari xalqaro miqyosdagi muloqotni mustahkamlash yuzasidan ham fikr almashgan.

“Ko‘rib turganimizdek, hamkorligimiz ko‘lami juda xilma-xil. Ushbu ustuvor yo‘nalishlar ro‘yxatining amalga oshirilishi kelgusi yillarda xalqlarimiz farovonligi yo‘lida erishayotgan yutuqlarimizni yanada oshirishiga qatʼiy ishonaman. Asosiy mintaqaviy va global kun tartibini to‘g‘ri muvofiqlashtirish orqali ijobiy va barqaror hamkorlik muhim ekani qayd etildi.

Bularning barchasi biz bugun qabul qiladigan qo‘shma bayonotimizda o‘z ifodasini topadi. ​​Bundan tashqari, men madaniy aloqalar va gumanitar sohadagi hamkorlikning muhimligini ta’kidlamoqchiman”, — dedi prezident To‘qayev.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Emmanuel Makron Qozog‘istonda fransuz madaniyati va fransuz tilini targ‘ib qilishning ahamiyati va zarurligi haqida ham gaplashgan.

“Biz ushbu muhim sohada hamkorlik qilish uchun bor kuch-g‘ayratimizni ishga solamiz. Qozog‘iston xalqi uchun Fransiya xalqi, boy madaniyati haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish va fransuz tilini o‘rganish zarur, albatta. Qozog‘iston va Fransiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik rivojlanadi, degan fikrdaman.

O‘z navbatida, Qozog‘iston prezidenti sifatida sizni ishontirib aytmoqchimanki, biz umumiy manfaatlarga ega bo‘lgan ko‘plab sohalarda aloqalar va hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni ishga solamiz. Umid qilamizki, Qozog‘iston kelajakda Fransiya uchun muhim strategik sherik bo‘ladi”, — dedi respublika rahbari.

Fransiya prezidenti rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘lib turibdi. Ertaga, 2-noyabr kuni Makron O‘zbekistonga keladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »