Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston aholisiga elektr va tabiiy gaz ishlab chiqarilgan narxidan arzon sotilishi hisobiga hosil bo‘lgan kamomad davlat budjeti hisobidan qoplab kelinadi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori Sherzod Muhamedovning “Daryo”ga maʼlum qilishicha, 2023-yilda tabiiy gaz oldi-sotdisi o‘rtasidagi defitsitni qoplash uchun budjetdan qariyb 18 trillion so‘m to‘lab beriladi.

Mart oyida sobiq moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov 2023-yilda olinadigan tashqi qarz hisobidan tabiiy gaz subsidiyasiga 14,5 trillion so‘m yo‘naltirilishini aytgandi.

“Tabiiy gaz va elektr energiyasi sohasida aholi hamda yuridik shaxslar uchun tariflar 2019-yil avgustdan beri o‘zgarmay kelmoqda. Shuning uchun harajatlarning bir qismi gaz narxidagi tafovut bilan bog‘liq. Bir kub metr gazni qazib olish narxi 550 so‘m bo‘lsa, aholiga sotayotgan narximiz 380 so‘mdan bo‘lmoqda”, —degan Sultonov.

Kecha, 1-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida tabiiy gaz subsidiyasi uchun to‘lanadigan mablag‘ miqdori sezilarli oshirilgani aytildi.

Sherzod Muhamedov
Foto: “Daryo”
2023-yilda tabiiy gazni olish va sotish o‘rtasidagi tafovutni qoplab berish uchun davlat budjeti hisobidan 18 trillion so‘m ajratiladi. “Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunda 14,2 trillion so‘m belgilangandi. Lekin tariflar liberalizatsiyasini kechiktirganimiz sababli qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda, — deydi Sherzod Muhamedov.

Anjumandan so‘ng “Daryo” muxbiri iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov bilan tabiiy gazga ajratiladigan subsidiya qachon bekor qilinishi mumkinligi to‘g‘risida suhbatlashdi. Ahadbek Haydarovning aytishicha, hukumat gazga beriladigan subsidiya miqdorini bosqichma-bosqich qisqartiradi.

Ahadbek Haydarov
Foto: “Daryo”
Eskidan bu narsa bo‘lib kelgan. Bizda har doim Qozog‘iston, Rossiyadagi kabi gaz va elektr aholiga past narxlarda yetkazib berilgan. Buni birdaniga bekor qilish aholining ijtimoiy holatiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Shuning uchun tariflarni bosqichma-bosqich mahsulot tannarxidan kelib chiqqan holda o‘zgartirish va subsidiyalarni kamaytirish yo‘lidan boramiz. Maqsadimiz o‘rta muddatlarda gaz va elektr energiyasi uchun subsidiya miqdorini qisqartirib, manzilliligini taʼminlashdan iborat. Jahon iqtisodiyotida vaziyat o‘zgarib turgani bois bu rejalar vaziyatga qarab amalga oshiriladi. Joriy yilgi subsidiya miqdori 18 trillion so‘m ekani aytildi. Keyingi yili bu summa 9,5 trillion so‘mga pasaytiriladi. Undan keyin yana ikki baravarga pasaytirib, bo‘shagan pullar birinchi navbatda ijtimoiy sohaga va aholining ijtimoiy himoyasiga sarflanadi, —dedi Ahadbek Haydarov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-oktyabr sanasidan O‘zbekistonda biznes uchun gaz va elektr energiyasi narxlari oshirildi. Biroq aholi uchun narxlar o‘zgarmadi.

2022-yilda hukumatning “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilingandi. Hujjatda elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlarini ijtimoiy norma asosida belgilash va oshirish nazarda tutilgandi. Yaʼni aholi uchun 1 kVt/soat elektr energiyasi isteʼmoli oyiga 250 kVt/soatgacha — 325 so‘m, 250 kVt/soatdan yuqori har 1 kVt/soat uchun — 650 so‘m etib belgilash rejasi ochiqlangan. Ammo mazkur qaror qabul qilinmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »