Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda eng kamida 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi bilan bog‘liq jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan sudning navbatdagi majlisida marhum bolalarning ota-onasi — jabrlanuvchilar tinglandi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” muxbiri xabar berdi. 

Sudda “Dok-1 Maks” siropini ichishi ortidan zaharlanib, vafot etgani aytilayotgan marhuma ikki yoshli Aziza Rustamovaning onasi so‘raldi. 

Foto: “Daryo”
Bolam sog‘lom edi, shamollab qolgani bois ukolini olgandik. Bir haftada yana kasali qaytaladi. Shifokorga borganimizda dori yozib berdi, dorilar ichida sirop ham bor edi. Retseptni olib, dorixonaga kirdim va yozilganlarni berishni so‘radim. Birinchi dorixonadan dorilar to‘liq chiqmagach, O‘rtasaroydagi “Navro‘z” degan joyga bordim, o‘sha yerdan toparman dedim. Aptekachi sirop berdi, bu boshqacha dori-ku, nega doktor yozmaganini beryapsan, dedim. Ikkalasi bir xil, uning o‘rniga bu yaxshi (“Dok-1 Maks” siropi nazarda tutilmoqda. Tahririyat izohi) dedi, — deydi “Dok-1 Maks” siropini dorixona xodimi tavsiyasiga ko‘ra olganini aytgan jabrlanuvchi.

Aziza Rustamovaning onasiga ko‘ra, qizi “Dok-1 Maks” siropini kuniga uch mahaldan iste’mol qilgan. 

Issig‘i chiqavergach, 2022-yilning 13-dekabr kuni qizimni poliklinikaga olib bordim. Gripp, hozir gripp kuchaygan, deyishdi. Va qaytardi. Yana bordim, yana dorini berishdi. Ukol berdik. Ammo baribir issig‘i chiqaverdi. Keyin eratalab ilgir bo‘lgandir deb, olib bordim. Ilgirmas bu, doktorga olib boring, deyishdi. Shundan so‘ng Nurafshondagi poliklinikaga olib bordim. Bolam siyolmay qolganini aytdim. Bolang gripp, shifoxonaga yot, ahvoli og‘ir, deyishdi. Bolangning suvi qolmagan, deya “kapelnitsa” ulashdi. Doktor kirdi, unga ham aytdim. U ham “kapelnitsa” yozdi. Keyin “Orsa” bering, deyishdi. “Orsa” berdim, bolam qayt qilaverdi. Shundan so‘ng hamshira bolamning ahvoli og‘irligini, cho‘chib tushayotganini aytdi. Shundan so‘ng bolam jonlantirish bo‘limiga yotqizildi, — deydi voqea haqida gapirib bergan onaizor.

Jabrlanuvchining qo‘shimcha qilishicha, u shifoxonada ancha sarson bo‘lgan. Shifokorlar bolani nima bezovta qilayotganini bilmagan.

Bolamni asrab qolinglar, o‘lib qoladi, deb yig‘ladim. Oshqozonini yuving, balki oshqozonidan dedim. Oshqozonini yuvishdi. Shundan so‘ng bolamning ko‘zi ochildi. Shu sabab Toshkentdagi 16-shifoxonaga olib keldim. U yerda bolamga dializ qilishdi. Bolam ertalab komaga tushdi. Siymayotgani sabab pochkasiga kateter ulashdi. Shifoxonada kateter topilmaydi. Kechasi yarim tunda dadasi topib bordi, — deydi “Dok-1 Maks” sudida so‘ralgan jabrlanuvchi.

Jabrlanuvchi bolasining o‘limiga shifokorlar malakasi yetishmasligi ham sabab bo‘lganini aytmoqda.

Doktorlarga aytadiganim, mas’uliyatini his qilib qarashsin bemor bolalarga, ko‘zi yetmasa boshqa doktorga yuborishi kerak. Bolam o‘ldi, mana, — deydi u. 

Avvalroq “Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchilari siropni bemorlarga tavsiya qilib kelgan shifokor, hamshira va dorixona xodimlarini doimiy rag‘batlantirib kelgani ma’lum bo‘lgandi. Soliq qo‘mitasi vakilining so‘ziga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar “Dok-1 Maks” siropini bemorlarga tavsiya qilgan va uning ko‘proq sotilishiga hissa qo‘shgan shifokorlarga 5 milliard 57 million so‘mlik rag‘bat puli to‘lagan. Shifoxonadagi emlash hamshiralariga esa bu xizmati uchun 122 million so‘mlik mukofot pullari bergan. “Dok-1 Maks” siropini boshqalarga nisbatan yaxshi va ko‘proq sotgan dorixona sotuvchilari va rahbarlarini muokofotlash uchun esa 2 milliard 345 million so‘m mablag‘ ajratgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »